Sinaps.uz loyihasi haqida

Sinaps.uz loyihasi haqida

Sinaps.uz loyihasi haqida

Loyiha 2022-yilning iyun oyida «Beeline» kompaniyasi homiyligida tashkil topgan va uning asosiy maqsadi ilm-fan boʻyicha oʻzbek tilidagi sifatli kontentni keng miqyosda oshirish boʻlib, bu yoʻlda jamoa shu yoʻnalishda faoliyat olib boradigan mahalliy va xalqaro loyihalar bilan hamkorlikda ishlab keladi.

Saytda kimyo, fizika, astronomiya, biologiya, tibbiyot, IT, muhandislik, tarix va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha maqola va videolar jamlangan. Aytish joiz, saytda barcha yosh egalari oʻziga mos va qiziq maʼlumotni topa oladi. Bundan tashqari, Sinaps saytida bolalar uchun ensiklopediya boʻlimi ham bor, u yerda aksariyat bolalar qiziqib soʻraydigan savollarga sodda va tushunarli qilib javob berilgan. Masalan, nega shamol esadi? Togʻlar qanday paydo boʻlgan? Pashsha nega oyogʻini bir-biriga ishqalaydi?

Qolaversa, saytda kimyo boʻyicha davriy jadval, tarix xronologiyasi, koinot va atmosferaga oid boʻlimlar ham bor.

Saytdagi aksariyat materiallar rus yoki ingliz tilidagi maqola yoki videolarning mahalliylashtirilgan versiyasidir. Bunda original kontent egalaridan tarjima uchun rasmiy ruxsat olinganini ham taʼkidlash lozim.

Loyiha 2024-yil fevral oyidan buyon mustaqil faoliyat olib bormoqda va u oʻzbek tilidagi ilm-fan rivojiga hissa qoʻshmoqchi boʻlgan har qanday takliflarni koʻrib chiqadi va qoʻllab-quvvatlaydi.

Hozirda saytga har oy 150 mingdan ortiq odam tashrif buyuradi va ilm oladi. Barchasi ochiq va bepul.

Siz ham sinaps.uz saytiga tashrif buyuring va mutlaqo bepul ilm olish imkoniyatidan foydalanib, oʻzingiz va vaqtingizga sarmoya kiriting. Loyihani YouTube, Telegram va Instagram tarmoqlarida kuzatib boring!

Startup
Sinaps.uz loyihasi haqida