SIMONOV

SIMONOV

SIMONOV Konstantin (Kirill) Mixaylovich [1915.15(28).11, Peterburg — 1979.28.8, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1974). M. Gorkiy nomidagi Adabiyot in-tini tugatgan (1938). SSSR Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi oʻrinbosari (1946—54), kotibi (1954—59; 1967—79), «Novыy mir» («Yangi dunyo») jur. (1946 — 50; 1954—58) va «Literaturnaya gazeta», 1938; 195054) ning bosh muharriri. 2-jahon urushiga qadar N. Ostrovskiyga bagʻishlangan «Gʻolib» (1937), «Pavel Chyorniy», «Muz ustidagi jang» (1938), «Suvorov» (1939) dostonlari, «Chin insonlar» (1938), «Yoʻlda yozilgan sheʼrlar» (1939) sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. 1939-y. dan urush mavzusi Simonov ijodining ustuvor yoʻnalishiga aylangan («Bir sevgi tarixi», 1940; «Shahrimizdan chiqqan yigit», 1941, pyesalar). Urush mavzusi, ayniqsa, lirikasida katta mahorat bilan aks ettirilgan («Lirik kundalik»; «Sen b-n va sensiz»; «Front sheʼrlari», 1942, toʻplamlari). S, lirik sheʼrlardan tashkari, «Rus kishilari» (1942) va «Shunday boʻlajak» (1944) pyesalari, «Kunlar va tunlar» (1944) qissasini yozgan. Urushdan keyingi yillarda xalqaro munosabatlarning keskinlashishi Simonovning «Praga kashtanlari tagida», «Rus masalasi» (1946) pyesalari hamda «Doʻstlar va dushmanlar» (1948) sheʼrlar kitobida oʻz ifodasini topgan.

Ensiklopediya.uz
SIMONOV