SIMFONIYA haqida to’liq ma’lumot oling

SIMFONIYA haqida to’liq ma’lumot oling

SIMFONIYA (yun. symfonia — ohangdoshlik) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; baʼzi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va b. orkestrlarga muljallangan Slar ham uchraydi. Simfoniyaning mumtoz shakli umumiy gʻoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji bilan bogʻliq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso xarakterida yoziladi; 4-qismi — koʻpincha tantanavor, joʻshqin xotimadir.

«S». atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-a. kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va b. S. rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-a. komlozitorlari ijodida Simfoniya yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar Simfoniya ustalari sifatida tanilgan.

Oʻzbekistonda 1930y. lardan simfonik musikaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1S. si, 1938). Keyingi y. larda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida Simfoniyaga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2 va 3 S. lari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2S. lari va b.). 1960y. larning 2-yarmida Oʻzbekistonda dasturli Simfoniya ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boshqalar Simfoniyalar ijod qilishdi. 19702000y. larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. Gʻiyosov (12 ta) va b. kompozitorlar Simfoniya yaratganlar.

Simfoniyaga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi bilan farq qiluvchi asar simfoniyetta deb ataladi.

Malumotlar
SIMFONIYA