SIMFONIK MUSIQA haqida to’liq ma’lumot oling

SIMFONIK MUSIQA haqida to’liq ma’lumot oling

SIMFONIK MUSIQA — asosan, simfonik orkestr ijrosiga muljallangan musiqa asarlari. Muhim janrlari: simfoniya, uvertyura, konsert, simfonik syuita, simfonik poema, rapsodiya, fantaziya.

Simfonik orkestr paydo bulgungacha, 17-a. da va 18-a. ning 1-yarmida ommalashgan turli raqs syuitalari, konsertogrosso cholgʻu konserti (ansamblyorkestr konserti), opera uvertyuralari orkestr musiqasining asosiy janrlari boʻlgan (ular fakat shartli ravishda Simfonik musiqaga kiritiladi). 18-a. oxirida simfonik orkestr, yangi Simfonik musiqa janrlari (birinchi navbatda simfoniya yaratilishi b-n) yuzaga keldi. Janr jihatidan Simfonik musiqa fantaziya, kaprichchio, poppuri, skerso, marsh, turli raqs musiqalari, shuningdek, opera, balet, spektakl va kinofilmlarga yozilgan musiqalar evaziga boyidi. Simfonik musiqa rivojiga koʻp kompozitorlar oʻz ulushini qoʻshgan (Mangeym maktabi, Vena klassik maktabi vakillari, F. Shubert, F. List, M. Glinka, A. Dvorjak, P. Chaykovskiy, N. RimskiyKorsakov, G. Maler, R. Shtraus, Ya. Sibelius, D. Shostakovich, A. Onegger, S. Prokofyev, B. Martinu, I. Stravinskiy va b.).

Oʻzbekistonda 1920 (V. Uspenskiy va b.) va 1930y. larda (V. Zolotaryov, R. Glier, Simfonik musiqa Vasilenko va b.) yaratilgan ilk simfonik asarlar simfonik orkestr uchun qayta ishlangan xalq kuylari yoki ular asosida yozilgan syuita, poema, uvertyura va b. dan iborat boʻlgan. 1930y. larning 2-yarmida oʻzbek kompozitorlaridan M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviyev, shuningdek, A. Kozlovskiy, G. Mushel oʻzlarining dastlabki Sm. asarlarini yozdilar. Keyinchalik Oʻzbekistonda Sm. ning barcha turlari rivoj togshi. M. Ashrafiy, D. Zokirov, S. Yudakov, R. Hamroyev, B. Giyenko, Ik. Akbarov, R. Vildanov, Sayfi Jalil, N. Zokirov, M. Tojiyev, R. Abdullayev, A. Latifzoda va b. Sm. ning turli janrlarida ijod qilishdi.

Ad.: YanovYanovskaya N ., Uzbekskaya simfonicheskaya muzыka, T., 1979.

Malumotlar
SIMFONIK MUSIQA