SIMENON

SIMENON

SIMENON (Simenon) Jorj (1903. 13.2, Lyej — 1989) — fransuz yozuvchisi. Belgiya qirollik akademiyasi aʼzosi (1952-y. dan). 1921-y. da Jorj Sim taxallusi bilan «Arkali koʻprik» dastlabki romanini eʼlon qilgan. 1931-y. da «Piterlatish» romani bosilgan. Politsiya komissari Megrening sarguzashtlari haqidagi «Megrening yozishmalari» (1950), «Megre sayohat qiladi» (1958), «Megre va daydi» (1963), «Megre ikkilanmoqda» (1968), «Megre va Sharl» (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detektiv syujeti b-ngina emas, balki, birinchi navbatda, inson xarakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi bilan ahamiyatlidir. Simenon bu romanlari bilan jahon detektivsarguzasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan oʻrin olgan. Simenon komissar Megre haqidagi romanlaridan tashqari, «Bir qashshoq hayotining toʻrt kuni» (1949), «Prezident» (1958), «Qamoqxona» (1968) singari ijtimoiypsixologik, mustamlakachilik siyosati va fashizm mafkurasini qoralovchi «Oy zarbasi» (1933), «Habashlar mahallasi» (1935), «Qor ustida gʻubor» (1948), «Akauka Rikolar» (1952) romanlarini yozgan. S, shuningdek, avtobiografik «Xotirlayman» (1945), «Ibtido» (1948), «Onamga xat» (1974) va b. kitoblar muallifi. Simenon asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan.

Ensiklopediya.uz
SIMENON