SILOS
SILOS (ispancha silos — yertoʻla, don saqlanadigan oʻra) — chorva mollari uchun oʻsimlik (makkajoʻxori, kartoshka, kungaboqar, vikasuli aralashmalari, ildizmevalar, tabiiy pichanzorlar oʻtlari, poliz ekinlari palaklari va b.) koʻk poyalarini havo kirmaydigan qilib konservalash yoʻli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Tarkibida karotin, vitamin S saqlanadi. Toʻgʻri tayyorlangan Silos tarkibida organik kislotalar, xususan, sut (2% gacha), sirka (0,6% gacha) kislotalari, ayrim turlarida propion, valeriana kislotalari mavjudligi tufayli oʻziga xos yoqimli hid va nordonroq mazaga ega. Silos bostirish texnologiyasi buzilganda va notoʻgʻri saqlanganda yogʻ kislotasi paydo boʻladi. Silos sifati undagi vodorod ionlarining miqdori (rN)ga qarab aniqlanadi. Sifatli Silos tarkibida r-n 4—4,2 boʻladi. Silosning ozuqali qimmati oʻsimlik turi, oʻrib olish vaqtidagi rivojlanish fazasi, tayyorlash texnologiyasi va saqlanish sharoitiga bogʻliq. Yuqori sifatli Silos tayyorlash uchun makkajoʻxori doni sutmum pishish davrida, kungaboqar gullay boshlashi, dukkaklilar dukkak tugishining boshlanishi bilan oʻriladi. 100 kg makkajoʻxori silosida 20 ozuqa birligi, 1,4 kg hazm boʻladigan protein, 150 g kalsiy, 50 g fosfor, 1500 mg karotin, 100 kg kungaboqar Silos ida 16 ozuqa birligi, 1,4 kg protein bor.
Ensiklopediya.uz
SILOS