SILLOGIZM

SILLOGIZM

SILLOGIZM (yun. syllogismos — hisobga olaman, xulosa chikaraman) — deduktiv xulosa chikarish turi. Unda oʻzaro mantiqiy bogʻlangan ikki qatʼiy mulohazadan uchinchi — yangi qatʼiy mulohaza xrsil boʻladi. Mac, «barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi; mis — metall; demak, mis elektr tokini oʻtkazadi». Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq boʻlmaydi. Shunga koʻra, Sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, desa boʻladi. Bu jihatdan Sdan odatdagi fikrlash va ilmiy xulosa chiqarishda isbot shakli sifatida keng foydalaniladi. Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari va xulosadan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Sillogizmning 4 ta asosiy figurasi (shakli) mavjud. Sillogizm asoslari oddiy qatʼiy hukmlardan iborat boʻlib, ularning ikki asos va xulosada oʻziga xos tartib (toʻplam)da kelishi modus deb ataladi. Sillogizm figuralarining 19 ta modusi mavjud. Har bir figuraning toʻgʻri moduslarini aniqlashda Sillogizmning umumiy va maxsus qoidalariga amal qilinadi. Sillogizmlar oddiy katʼiy, murakkab va murakkab qisqartirilgan turlarga boʻlinadi. Xulosa chiqarishning bu usulini Aristotel «Birinchi analitika» asarida taʼriflab bergan. Sillogistik xulosa chikarish mantiqqa oʻrganiladi.

Ensiklopediya.uz
SILLOGIZM