SILLABIK YOZUV
SILLABIK YOZUV (yun. syllabe boʻgin) , boʻgʻinli yozuv — grafik belgilari (sillabogrammalar) boʻgʻin hosil qiluvchi fonemalar va fonema qoʻshilmalari bilan bogʻliq boʻlgan yozuv turi; umumiy yozuv tarixida Syo. soʻz yozuvi (ideografik yoki logografik yozuv) dan keyin, mil. av. 3—2ming yilliklar oraligʻida, shumer tilida paydo boʻlgan va fonografiya rivojidagi birinchi bosqich hisoblanadi. Ikki dare orasidagi bir qancha mixxat yozuvlari, krit va gʻarbiy som yozuvlari «undosh+har qanday unli» birikmasi tarzidagi boʻgʻin ifodalovchi belgilarga ega boʻlgan. Sillabik yozuvning keyingi (mil. av. 1-a. va mil. 1-a. larda) shakllanishi va rivojlanishini Efiopiya, Hindiston, Jan. Sharqiy Osiyodagi boʻgʻinli yozuvlarda koʻrish mumkin. Qad. hind yozuvi braxmiazya kelib chiqqan devanagari (hoz. umumhind rasmiy yozuvi) Sillabik yozuvning yorqin namunasidir. Bunda, odatda, har bir belgi muayyan undoshning a unlisi bilan qoʻshilmasi (mas, pa, ba, ta, ma kabi) tarzida namoyon boʻladi. Tegishli undoshdan keyin a dan boshqa unlini oʻqish uchun oʻsha harfning ostiga yoki ustiga kerakli unlini ifodalovchi maxsus belgi qoʻshiladi. Eng keyin shakllangan Sillabik yozuv lardan yapon va koreys yezuvlarini koʻrsatish mumkin. Sillabik yozuv dagi grafik belgilar harf deb emas, balki sillabema deb ataladi (devanagari alifbosidagi 33 ta belgi, hoz. rus va oʻzbek alifbolaridagi ye, yo, yu, ya belgilari sillabemalardir).
Ensiklopediya.uz
SILLABIK YOZUV