SIKLAMEN

SIKLAMEN

SIKLAMEN, alp fialkasi (Cyclamen) — navroʻzdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ekma gul. Oʻrta dengiz va Gʻarbiy Osiyoda 15 turi, Qrim va Kav-kazda 8 turi maʼlum. Madaniy holda eng koʻp tarqalgani fors siklameni. Boʻyi 40— 50 sm, barglari koʻp, barg bandi uzun. Okt. —martda gullaydi, gullari yirik, gul shoxida gullaydi, rangi oq, pushti, binafsha, qizil.

Ensiklopediya.uz
SIKLAMEN