Sichqonlar tortishuvi

Sichqonlar tortishuvi

Sichqonlar tortishuvi

DO`STLARGA ULASHING:

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ikki sichqon bor ekan. Bu sichqonlardan biri shaharda, ikkinchisi qishloqda yashar ekan.
Kunlardan bir kuni bu sichqonlar bir-birlari bilan tanishib qolibdi. Bundan keyin do‘st bo‘lishga ahdlashibdilar.
Birinchi bo‘lib qishloqda yashovchi sichqon shaharda yashovchi sichqonni mehmonga chaqiribdi. Sichqon mehmonni bug‘doy g‘aramlari atrofida aylantiribdi va:
— Men bola-chaqalarim bilan shu joyda, huzur halovatda yashayman, — debdi.
Bir kuni shaharda yashovchi sichqon ham uni mehmonga taklif etibdi. Mehmon kelgach, u xumdagi yog‘larni ko‘rsatib:
— Sen u yerda bug‘doy bilan kun ko‘rayotgan bo‘lsang, men bu yerda xumdagi yog‘larni yalab, bola-chaqalarim bilan farog‘atda yashayapman. Men senga qaraganda yaxshiroq yashayman, — debdi.
Ikki sichqon bir-birlari bilan aytishib, janjallashib qolishibdi. Biri «men yaxshiroq yashayman» desa, boshqasi «yo‘q, men sendan ko‘ra yaxshiroq yashayman» deb rosa tortishishibdi. Bularning janjalini eshitib qolgan moshvoy sekin kelib, ikkala sichqonni ham yeb qo‘yibdi. Ular hatto qochishga ham ulgurolmay qolishibdi.

Sichqonlar tortishuvi