SIBELIUS

SIBELIUS

SIBELIUS (Sibelius) Yan (Yuxan Kristian) (1865.8.12, Xyamenlinna — 1957.20.9, Yarvenpya, Xelsinki yaqinida) — fin kompozitori. Milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan, musiqiy romantizm vakili. Xelsinkidagi musika in-tini tugatgan (1889). Sibelius ijodi xalqchillik bilan sugʻorilgan, yorqin milliy kolorit, ulugvorlik, samimiylik, kuychanlik va garmonik boyligi bilan ajralib turadi. Simfonik musiqa ustasi sifatida tanilgan Sibelius 7 simfoniya, «Kalevala» eposi mavzulari asosida «Lemminkyaynen» syuitasi (4 simfonik afsona — «Tuonel oqqushi» va b. dan iborat), poemalar («Finlyandiya» va b.), «Xazin vals», 3 syuita, skripka va orkestr uchun konsert, shuningdek, «Minoradagi qiz» operasi, «Skaramush» baleti, vokal, kamer va b. asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
SIBELIUS