SHVEYSER haqida to’liq ma’lumot oling

SHVEYSER haqida to’liq ma’lumot oling

SHVEYSER Albert (1875.14.1, Kayzersberg, Elzas — 1965.4.9, Lambarene, Gabon) — nemisfransuz mutafakkiri, hayot falsafasshtt namoyandasi, ilohiyotchi, shifokor, musiqashunos va organchi. Strasburg, Berlin, Parij untlarini tugatgan. 1899-yildan falsafa, 1900-yildan ilohiyot, 1913-yildan tibbiyot dri. 20-asr boshlarida konsert berib yuradigan organchi sifatida shuhrat qozondi. I. S. Bax ijodini oʻrganishga bagʻishlangan asarlar yozdi.

1913 yil rafiqasi — hamshira Elen Breslau bilan birga oʻz mablagʻi hisobiga Gabonning Lambarene qishlogʻida shifoxona ochib, umrining oxirida AQSHga borib, un-tlarda maʼruzalar oʻqib turdi; oʻnlab untning faxriy dri, Fransiya Axloqiy va siyosiy FA ning (1952), Angliya Qirollik tibbiyot jamiyatining (1955) aʼzosi.

Shveyser dunyoqarashi boʻyicha, hayot — tabiat yaratgan eng oliy neʼmat sifatida buyuk hurmatga sazovordir. Uning aqidasi «men — hayotman, hayotlar ichida yashashni istaguvchi hayotman» shiorida oʻz ifodasini topgan. Shveyser nazdidagi ezgulik — tirik jonni saqlab qolish, hayotga qoʻmaklashish; yovuzlik esa — jonlini jonsiz qilish, hayotga zarar yetkazish. Har bir shaxs shu tamoyiliga amal qilganidagina, u odam va olam uygʻunligiga, yaxlitligiga erishadi. Toʻgʻri, tabiatda bir hayot 2hayot hisobiga yashaydi, har narsaning qushandasi bor, lekin Shveyser faqat hayotni «isrof qilish»ga qarshi. Sh. olgʻa surgan hayotga ehtirom axloqiy taʼlimoti insonni shafqatli, muruvvatli zot boʻlib umr kechirishga chorlaydi. Ayni paytda u zamonaviy insonda ekologik madaniyatning yuksalishiga, umumjahon axloqiy muhit — etosferaning yaratilishiga xizmat qiladi. Asosiy asarlari: «Kantning din falsafasi» (1899), «Raymardan Vredegacha. Iso Masih hayotini oʻrganish tarixi» (1906), «I. S. Bax» (1905), «Madaniyat falsafasi» (1923), «Nasroniylik va jahon dinlari» (1923), «Havoriy Pavelning mistikasi» (1929), «Hind mutafakkirlarining qarashlari» (1995).

Malumotlar
SHVEYSER