Shvetsiya Qirolligi

Shvetsiya Qirolligi
shvetsiya qirolligi 65cb121c136e3

photo 2020 12 16 22 41 11

Shvetsiya Qirolligi

DO`STLARGA ULASHING:

Rasmiy nomi — Shvetsiya Qirolligi. Poytaxti — Stokgolm. Hududi — 449964 km.kv. Aholisi — 9 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — shved. Dini — lyuteranlar (94%), katoliklar (1,5%). Pul birligi — shved kronasi.
Geografik joylashuvi va tabiati. Skandinaviya yarimorolining katta qismini egallagan Shimoliy Yevropadagi davlat. Shvetsiyaga Boltiq dengizidagi Gotland va Aland orollari hamda mamlakat sohili yaqinidagi qator mayda orollar tegishli. Shvetsiya g‘arbda va shimolda Norvegiya (chegara uzunligi — 1619 km), shimoli sharqda Finlyandiya (586 km) davlatlari bilan chegaradosh. Sharqda Shvetsiya Boltiq dengizi va Botnika qo‘ltig‘i, janubi g’arbda Kattegat va Skagerrak bo‘g‘ozlari bilan tutashgan. Eresunn tor bo‘g‘ozi Shvetsiyani Daniyaga tegishli bo‘lgan Zelandiya orolidan ajratib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi — 2205 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 3218 km. Mamlakat hududining asosiy qismi yassitog`liklar va tepaliklari bor tekisliklardan iborat. Shimol va g‘arbda Skandinav tog‘lari (eng baland nuqt

Shvetsiya Qirolligi