SHUMANAY

SHUMANAY

SHUMANAYQoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanidagi shahar, tuman markazi. Nukusdan 90 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Qorabayli (22 km). Aholisi 12,4 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Shumanay kanalidan suv oladi. Mahalliy tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Shumanay Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilib turgan paytlarida va undan keyingi, Aybuyir (Jampiqqalʼa) etagi orqali Orol dengiziga quyilgan davrlarda bir qadar yirik aholi punkti boʻlgan. Amudaryo oʻzanini oʻzgartirgandan keyin Shumanay hududi choʻlga aylangan va bir asrga yaqin qalin changalzor boʻlib yotgan. 1940-yillarning boshidan Shumanay hududiga hoz. Navoiy viloyatining Tomdi, Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanlaridan yeri unumsiz boʻlib qolgan qishloqlar aholisi, qoʻychilik bilan shugʻullanuvchi chorvadorlar koʻchib kelishgan.

Ensiklopediya.uz
SHUMANAY