SHUMAN REJASI
SHUMAN REJASI — Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarini integratsiyalash, yagona iqtisodiy makonga birlashtirish boʻyicha birinchi reja. Fransiya tashqi ishlari vaziri R. Shuman (1886—1963) tomonidan 1950-yilda ishlab chiqilgan. Shuman rejasida bir qator Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining toshkoʻmir, temir rudasi, metallurgiya sanoatini birlashtirish gʻoyasi ilgari surilgan. Rejani amalga oshirish uchun 1951 yil 18 apr. da GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg hukumatlari Parijda yagona Yevropa uyushmasini tuzishda birinchi qadam boʻlgan Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida shartnomani imzoladilar (1952-yil 25-martdan kuchga kirdi). Bu davlatlar oʻrtasida 1957-yil 25-martda Rimda Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamkorligi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatshsh tuzish toʻgʻrisidagi shartnomalar ham imzolangan.
Ensiklopediya.uz
SHUMAN REJASI