SHULS

SHULS

SHULS Teodor (1902 AQSH, Janubiy Dakota 1998) amerikalik iqtisodchi. Viskonsin unti magistraturasini tamomlagan (1928), iqtisodiyot d-ri (1930). 1930 — 43 yillarda Ayova davlat untida q. x. iqtisodiyotidan dars bergan, 1943-yildan boshlab deyarli 40 yil Chikago unti prof. Shulsning asosiy tadqiqotlari q. x. va taʼlim iqtisodiyotiga bagʻishlangan. Osiyo va Janubiy Amerika davlatlarining iqtisodiyotiga bagʻishlangan «Anʼanaviy qishloq xoʻjaligining oʻzgarishi» asarida agrar texnologiyalarning muhim ahamiyatini ochib berdi. AQSH iqtisodiyotida inson kapitalidan olinadigan foyda jismoniy kapitaddan ortiqligini isbotlab berdi va ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda taʼlim, sogʻliqni saqlash va fan sohasiga yirik investitsiyalar ajratishni taklif qildi, bu sohalarni rivojlantirishni mamlakat iktisodiy oʻsishi uchun yangi korxonalar qurishdan afzalroq, deb hisobladi. Nobel mukofoti laureati (1979; AU. Lyuis bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
SHULS