SHUJO ul-MULK

SHUJO ul-MULK

SHUJO ul-MULK (? 1842.5.4) Afgʻoniston shohi (1803—09, 183942). Akasi Mahmudshohni taxtdan agʻdarib hokimiyatni egallagan, lekin 1809 yil Mahmudshoh tomonidan taxtdan tushirilgan. Shujo ul-mulk ulM. ning taxtni qaytarib olish uchun qilgan bir necha bor urinishlari (shu jumladan, 1833—34 yillarda inglizlar yordamida) natijasiz tugagan. Birinchi inglizafgʻon urushi davri (1838—42)da inglizlar Shujo ul-mulk ulM. ni afgʻon taxtiga oʻtqazganlar. Muxolifatdagi guruhlardan biriga mansub shaxs tomonidan xoin sifatida oʻldirilgan.

Ensiklopediya.uz
SHUJO ul-MULK