SHUDRING

SHUDRING

SHUDRING, shabnam — kechqurun, kechasi va saharda yuz beradigan yerdagi nurlanish hisobiga havoning sovishi va suv bugʻining kondensatlanishi tufayli yer sirtida, turli narsalar va oʻsimlik yaproklari ustida hosil boʻladigan mayda suv tomchilari. Havo t-rasi muayyan nuqta (shudring nuqtasi)ga tushganda hosil boʻladi. Havo ochiq va kuchsiz shamolli tunlarda Shudring koʻproq paydo boʻladi. Shudringlar bir kechada oʻrtacha 0,1—0,3 mm, moʻtadil kengliklarda esa 1—0,5 mm qalinlikda tushadi. Shudringning yillik mikdori oʻrtacha 10—30 mm ni tashkil qiladi. Ertalab quyosh nurlari tushgach (yoki havo t-rasi shudring nuqtasidan oshgach), Sh. bugʻlanib ketadi.

Ensiklopediya.uz
SHUDRING