«Shuba ostidagi seld» salati resepti — tayyorlash bosqichlari
SHUBA SALATI TAYYORLASH RETSEPTI Kam tuzlangan seld – 2 dona Barcha sabzavotlar va tuxum qaynatib olinadi, sovutiladi va po’stidan tozalanadi. Tuzlangan seld balig’i filega ajratiladi, ya’ni go’shti suyaklaridan ajratib olinadi. So’ng file kichik kubikchalar shaklida qilib to’g’raladi. So’ng piyoz + murch, Keyin sabzi (tuz+mayonez), Tuxum (u ham oldindan mayonez bilan aralashtirib olingan), Lavlagi (mayonez+tuz+qalampir) So’nggi qavat qo’yilgach, ingichka qilib mayonez surtiladi va bezak sifatida qirg’ichdan chiqarilgan tuxum sepiladi. Shuba salati tayyor, yoqimli ishtaha! TAVSIYALAR«Shuba ostidagi seld» salati resepti — tayyorlash bosqichlari
DO`STLARGA ULASHING:
Shuba ostidagi seld yoxud shuba salati eng mashhur ruscha salatlardan biridir. U salatsiz deyarli hech bir bayram, ayniqsa yangi yil bayrami o’tmaydi. Salatni tayyorlash retsepti yetarlicha oson, har bir beka buni uddalay oladi.
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni 3-4
Kerakli masalliqlar:
Lavlagi – 2 ta o’rtacha kattalikda
Kartoshka – 2-3 o’rtacha kattalikda
Sabzi – 1 dona
Piyoz – 1 dona
Tuxum – 2 ta
Mayonez – ta’bga ko’ra
Tuz, qalampir
Tayyorlanishi:
Bundan tashqari, sabzavotlarni yumshaguncha 1-1,5 soat pechda pishirish ham mumkin.
Piyoz archiladi va mayda qilib to’g’raladi (blenderda maydalash ham mumkin, faqat bo’tqa bo’lib ketmasligini nazorat qilgan holda). Achchig’i ketish uchun qaynoq suv quyib, chayib tashlanadi.
Barcha sabzavotlar va tuxum qirg’ichning eng yirik tishi orqali chiqariladi, har biri vaqtincha ravishda alohida-alohida idishlarga olib turiladi.
Har bir qirg’ichdan chiqarilgan masalliqlar alohida-alohida bo’lgan holda tuzlanadi, ta’bga ko’ra qalampir sepiladi, mayonez qo’shib aralashtiriladi. Shuningdek masalliqlarga mayonez qo’shib aralashtirmasdan, qavatma-qavat terish jarayonida ularning ustidan bir qavat qilib surtib ketish ham mumkin.
Chuqurroq salat uchun idishga yoki shakl qo’yilgan likopchaga masalliqlar ketma-ket qilib terila boshlaydi. Ketma-ketligi:
Seld balig’i
Ketidan kartoshka (mayonez+tuz),
Salatani mazali bo’lishi uchun mayonezni yetarli miqdorda (kam ham emas, ortiqcha ham emas) qo’shish kerak, aks holda salat quruq yoki o’ta yog’li bo’lib qoladi.
Mayonezni narxi yoki kaloriyasiga qarab emas, mazasi bo’yicha tanlash maqsadga muvofiq.
Haddan tashqari holatlarda, salat quruq bo’lmasligi uchun unga mayonez o’rniga o’simlik moyi qo’shish mumkin.
Yakuniy tayyor bo’lishi uchun salatni oziq-ovqat plyonkasi bilan yopib, bir kechaga sovutgichda qoldiring.
«Shuba ostidagi seld» salati resepti — tayyorlash bosqichlari