SHTOK haqida to’liq ma’lumot oling

SHTOK haqida to’liq ma’lumot oling

SHTOK (nem. tayoq) — nisbatan kichik (maydoni 200 km2 dan katta boʻlmagan) intruziv jism shakli. Togʻ jinslari yoki foydali qazilmalarning silindr, tomchisimon yoki izometrik shakllardagi yirik massasi. Koʻndalang oʻlchami bir necha m dan bir necha km gacha, uzun oʻqi boʻyicha bir necha km ga yetadi. Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra tektonik, magmatik va metasomatik Shtoklar farklanadi. Te kto nik Shtok tektonik deformatsiya vaqtida togʻ jinslari plastik moddalarining siqilishi natijasida hosil boʻladi. Magmatik Shtok magmatikeritmaning boshqa jinslar oʻrniga kirib qolishidan paydo boʻladi. Metasomatik Shtok togʻ jinslarining Yer poʻstida aylanib yurgan yssiq gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadigan mineral moddalar bilan oʻrin almashishidan vujudga keladi.

Malumotlar
SHTOK