SHTARK

SHTARK

SHTARK Yoxannes (1874.15.4, Shakkenxof — 1957.21.6, Traunshteyn) — nemis fizigi. Gannover oliy maktabi (1909-yildan) va Axele prof. (1920-yildan), Greyfsvald unti (1917) va Vyursburg unti prof. (1920). Berlin Fizikatexnika ilmiy tadqiqot instituti prezidenti (1933—39), Nemis ilmiy jamiyati prezidenti (1934—36). 1919-yilda kanal nurlari (erkin harakatlanayotgan musbat ionlar dastasi) va Dopler effektish va elektr maydonda spektral chiziqlarning ajralishini kashf qilgan (q. Shtark effekti), gazlarni razryadlash boʻyicha tekshirgan. Yorugʻlikning bir jinsli boʻlmagan elektr maydondan oʻtayotganda ogʻishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1919).

Ensiklopediya.uz
SHTARK