SHROT

SHROT

SHROT (nem. mayda boʻlaklar, qiyqim) — yogʻekstraksiya korxonalarida ishlab chiqariladigan qoʻshimcha mahsulot; chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa. Moyli ekinlar urugʻi ekstraksiyasidan keyin maydalangan urugʻdan organik eritmalar yordamida olinadi. Xom ashyoga qarab soya Sh., raps Sh., xantal Sh., chigit Sh., kanakunjut Sh., nasha Sh. va boshqalarga ajratiladi. Shrot proteinga boy ozuqa. 100 kg kungaboqar Sh. ida 100 ozuqa birligi va 37,6 kg ga yaqin hazm boʻladigan protein; 100 kg nasha Shrot ida 82 ozuqa birligi va 24,8 kg hazm boʻladigan protein bor. Sh. tarkibi Ye vitamini, V guruh vitaminlari va fosforga boy.

Ensiklopediya.uz
SHROT