SHPROTLAR

SHPROTLAR

SHPROTLARseldsimonlar oilasining bir urugʻi. 6 tacha turi bor. Uz. 17—18 sm, dimogʻ suyagida tishlari yoʻq, qorin suzgichlari bir oz oldinda, koʻkrak suzgichi esa ancha keyinda joylashgan. Boltiq, Oʻrta va Qora dengizlarda Yevropa shproti keng tarqalgan. Uvildirigʻini yanv. —iyul oylarida qirgʻoq yaqiniga, 50—100 m chuqurlikka, suv harorati 16— 17° boʻlgan joylarga tashlaydi. Mayda plankton bilan ozikdanadi. Umri qisqa, 3—4 yil yashaydi. Shprotlar baʼzan kilkalar deb ham ataladi.

Ensiklopediya.uz
SHPROTLAR