Shoxruxbek Ergashev Charchadim Ona (qo`shiq matni)
Zafarlar cho‘qqisin etganda makon Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri Angladim so‘zlarin ma’nosi foyda Men hayotga bag‘rim ochgandim, biroq Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar Men ovi baroridan kelgan bir bo‘riShoxruxbek Ergashev Charchadim Ona (qo`shiq matni)
DO`STLARGA ULASHING:
Atforimga to‘ldi-ku do‘st-u qadrdon
Quvonchim hammaga, qayg‘uyim pinhon
Soxta tuyg‘ulardan charchadim Ona
Burgutdek viqorla etdim parvozlar
Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar
Makkor ohulardan charchadim Ona (2x)
Biz uchun ataldi davralar to‘ri
Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin
Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona (2x)
Foydalar yo‘lida aldandim rosa
Ko‘rgan-kechirganlarim bo‘ldi xulosa
Alam og‘ulardan charchadim Ona
Shodlik tez tugarkan, musibat ko‘proq
Tuproqdan yaraldik, bo‘larmiz tuproq
Afsus, qayg‘ulardan charchadim Ona
Burgutdek viqorla etdim parvozlar
Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar
Makkor ohulardan charchadim Ona
Biz uchun ataldi davralar to‘ri
Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin
Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona (2x)
Shoxruxbek Ergashev Charchadim Ona (qo`shiq matni)