SHOX haqida to’liq ma’lumot oling

SHOX haqida to’liq ma’lumot oling

SHOX — 1) daraxtlarning tanasidan chiqqan oʻsimtasi;

2) koʻpchilik tuyoqli sut emizuvchilar boshidagi qattiq oʻsimta, erkak hayvonlarda urgʻochilarini talashib urishganda qurol fazifasini bajaradi. qadimiy qazilma sudralib yuruvchilar (mas, dinozavrlar) da ham Shox boʻlgan. Karkidonlarning 1 yoki 2 ta toq Sh. i muguzlangan epidermisning konussimon oʻsimtasi, yaʼni burun yoki peshona suyagi boʻrtmasida joylashgan teridan hosil boʻladi. Boshqa tuyoqlilarning juft Sh. i peshona suyagi bilan qoʻshilib oʻsgan oʻq sterjenga ega. Quvushshoxlilar Sh. ning oʻq sterjeni sirtdan gʻovak gʻilof bilan qoplangan, hayoti davomida oʻsadi; jiraflar Shoxi yung bilan qoplangan, yumshoq teri gʻilof ichida joylashgan; bugʻular Shoxi faqat yosh davrida yumshoq teri bilan qoplangan, keyinchalik teri tushib ketadi. Bugʻularda koʻpincha erkagida (shim. bugʻularida urgʻochilarida ham) Shox boʻladi; erkak bugʻuning Shoxi almashinib turadi. Yosh oʻtgan sayin bugʻular Shoxi kattalashib shoxlanadi. Shoxning muguz gʻilofidan har xil ziynat buyumlari, suyak qismidan suyak yogʻi, suyak uni, yelim olishda foydalaniladi.

Malumotlar
SHOX