SHOVOT TUMANI

SHOVOT TUMANI

SHOVOT TUMANIXorazm viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy dan Qoʻshkoʻpir, jan. sharqdan Urganch, sharkdan Yangibozor, shim. sharkdan Gurlan tumanlari, shim., shimgʻarb va gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,46 ming km2. Aholisi 126,2 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Shovot), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshmertan, Boʻyrachi, Ijtimoiyat, Katqalʼa, Xitoy, Chigʻatoyqalʼa, Choʻqli, Shovotqalʼa, Oʻzbekiston, Qangʻli, Qiyot) bor. Markazi — Shovot shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. gʻarbida, Shovot kanalining sohilida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat, shim. ga tomon pasayib boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq, issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha tra 10°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6°, eng past tra —32°, iyulning oʻrtacha t-rasi 27, eng yuqori tra 45—46°. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yiliga 87—89 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Shovot kanali oqib oʻtadi. Dovdon, Yormish, Udachi, Begyop kabi kanallar ham bor. Tuprogʻi, asosan, shoʻr tuproq. Qum tuproqlar ham uchraydi. Zax suvlar oqiziladigan GʻozovotDovdon kollektori tumanning jan. gʻarbidan, Shovot kollektori shim. dan oʻtadi. Yovvoyk oʻsimliklardan yulgʻun, turangʻil, oqbosh, yantoq, ajriq, yakan, qamish, chechak, shoʻra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, boʻrsiq, tipratikan, chiyaboʻri, tulki, qobon, ondatra, sudraluvchilar; qushlardan tustovuq, kaptar, bedana, bulbul, oʻrdak, chagʻalay bor.

Ensiklopediya.uz
SHOVOT TUMANI