SHOUMAROV
SHOUMAROV Shorahim (1876 Toshkent — 1969.12.1) — hofiz, sozanda (dutor, tanbur, sato). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Dastlab Toʻychi hofizdan xonandalik sanʼati, Abdusoat Vahobovshl dutor chalishni oʻrgangan. Keyinchalik Nazirxon hofiz, Madumar hofiz, Abduqahhor hofiz, Yodgorhoji tanburchilardan mumtoz kuy va ashula va Fargʻona—Toshkent makom yoʻllari, tanbur chertishni oʻzlashtirgan. Shoumarov milliy musiqa madaniyatini rivojlantirishda faol qatnashgan: 1910-y. lar Toshkentda «usuli jadid» («Rahimiya», «Urfon») maktablari qoshida musiqa toʻgaraklariga rahbarlik qilgan; Turkiston xalq konservatoriyasiii tashkil etilishida faol qatnashgan. Shu yerda (1919—22), Toshkent musiqa texnikumida (1923—40) oʻqituvchilik qilgan. 1927-yildan Oʻzbekiston radiosi xalq cholgʻulari ansambli (keyinchalik orkestri)da xonanda va sozanda.
Ensiklopediya.uz
SHOUMAROV