SHOSTAKOVICH Dmitriy Dmitriyevich
SHOSTAKOVICH Dmitriy Dmitriyevich (1906.25.9, Peterburg 1975.9.8, Moskva) — rus kompozitori, pianinochi, pedagog, jamoat arbobi. 20-asr musiqa klassigi. Rossiya xalq artisti (1948), Xalq artisti (1954), Mehnat Qahramoni (1966). Leningrad konservatoriyasini fortepiano (1923) va kompozitsiya (1925) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Leningrad va Moskva konservatoriyalarida dars bergan, shogirdlari orasida G. Sviridov, Q. Qorayev, M. Leviyev va boshqalar bor. Rossiya kompozitorlar uyushmasi raisi (1960-68).
Ensiklopediya.uz
SHOSTAKOVICH Dmitriy Dmitriyevich