Shoshlik muhaddislar. Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy haqida to’liq ma’lumot oling

Shoshlik muhaddislar. Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy haqida to’liq ma’lumot oling


Post Views:
104

Abu Sa’d Sam’oniy o‘zining «Ansob» asarida Shoshni «Sayxun daryosi ortidagi turklar bilan chegaradosh shahar bo‘lib, u «Shosh» deb ataladi»[1] deya ta’riflagan. Shuningdek, Sam’oniy bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqanligi, Abdulloh ibn Avona Shoshiy shular jumlasidan ekanligini birinchilar qatorida qayd etgan[2].

Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiydan buyuk muhaddis, Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Muhammad Firyobiy va boshqalar hadis ilmidan ta’lim olishgan[3]. Uning jiyani Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiy ilm talabida Marv va Iroqda bo‘lib, Ali ibn Hojar, Ahmad ibn Hanbaldan hadis ilmini o‘rgangan. Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiydan Shosh ahli ta’lim olgan. U 286/899 yilda vafot etgan[4].

Ne’matullo MUHAMEDOV
SHOSH VOHASI OLIMLARINING ILMIY-MA’NAVIY MEROSI

«Toshkent islom universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi,
Toshkent — 2007

[1] al-Ansob. 7-jild. -B. 244

[2] al-Ansob. 7-jild. -B. 244

[3] O‘sha manba. 7-jild. B. 244

[4] O‘sha manba. 7-jild. B. 244.; Yana qarang: Abdulkarim Sam’onii. Nasabnoma. – Buxoro, 2003. -B. 205

Shoshlik muhaddislar. Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy

Malumotlar
Shoshlik muhaddislar. Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy