SHOMUHAMEDOV Shoislom Mahmudovich

SHOMUHAMEDOV Shoislom Mahmudovich

SHOMUHAMEDOV Shoislom Mahmudovich (1921.16.4, Toshkent) — sharqshunoseronshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), filol. fanlari d-ri (1968), prof. (1970). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—42). Oʻrta Osiyo unti sharq f-tini tugatgan (1952). Shu untda oʻqituvchi, dotsent (1958—60), sharq fti dekani (1960—72), untning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1972—85), Sharq fti (1991-yildan Toshkent sharqshunoslik inti) xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi mudiri (1966 — 72), kafedra prof. (1985-yildan). Shomuhamedov olim, shoir va tarjimon sifatida mumtoz va hoz. zamon eron adabiyoti boʻyicha tadqiqotlar, oʻquv qoʻllanmalari, forstojik adabiyoti klassiklari asarlaridan tarjimalar va uning oʻz qalamiga mansub sheʼrlar, hikoyalar toʻplamlaridan iborat 90 ga yaqin kitob yaratdi. Shomuhamedov tarjimon sifatida oʻnlab sharq shoirlari asarlarining oʻzbek xalqi maʼnaviy mulkiga aylanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Xususan, Firdavsiy «Shohnoma»sining 3 j. li yangi tarjimasi va nashri (1975—79) bevosita Shomuhamedovning rahbarligi va ishtirokida amalga oshirildi. U hind, arab, rus. ozarbayjon, tojik, turkman shoirlari asarlaridan ham koʻplab namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ensiklopediya.uz
SHOMUHAMEDOV Shoislom Mahmudovich