SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich
SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich (1915.22.9, Toshkent viloyati Piskent qishlogʻi — 1987.3.10, Toshkent) — travmatologortoped, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari d-ri (1959), prof. (1960). ToshTI pediatriya f-tini tugatgach (1938), Respublika suyak sili bolalar sanatoriysida vrach, boʻlim mudiri (1938—39). Urush qatnashchisi (1939—46), Oʻzbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot intida vrachordinator (1946), ortopediya boʻlimida kichik xodim (1947), in-t direktori (1948-52; 1966—81), bolalar ortopediya boʻlimi mudiri (1953—56). Moskvadagi 2-tibbiyot intida doktorant (1956 — 59), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiyaortopediya kafedrasi mudiri (1960—75). Ilmiy ishlari kesilgan oyoq faoliyatini tiklash, maymoqlik, umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, bolalarda yonbosh suyagining tugʻma chiqishi, qiyshiq boʻyin va boshqalarni aniqlash va davolash usullariga oid.
Ensiklopediya.uz
SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich