SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich haqida to’liq ma’lumot oling

SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich haqida to’liq ma’lumot oling

SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich (1915.22.9, Toshkent viloyati Piskent qishlogʻi — 1987.3.10, Toshkent) — travmatologortoped, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari d-ri (1959), prof. (1960). ToshTI pediatriya f-tini tugatgach (1938), Respublika suyak sili bolalar sanatoriysida vrach, boʻlim mudiri (1938—39). Urush qatnashchisi (1939—46), Oʻzbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot intida vrachordinator (1946), ortopediya boʻlimida kichik xodim (1947), in-t direktori (1948-52; 1966—81), bolalar ortopediya boʻlimi mudiri (1953—56). Moskvadagi 2-tibbiyot intida doktorant (1956 — 59), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiyaortopediya kafedrasi mudiri (1960—75). Ilmiy ishlari kesilgan oyoq faoliyatini tiklash, maymoqlik, umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, bolalarda yonbosh suyagining tugʻma chiqishi, qiyshiq boʻyin va boshqalarni aniqlash va davolash usullariga oid.

As: Kostnoplasticheskiy sposob amputatsii konechnostey, T., 1957; Perelomm kostey i sposobn stimulyatsii ix konsolidatsii. T., 1965; Vosstanovitelnaya xirurgiya ojogovmx deformatsiy konechnostey (hamkorlikda), T., 1978.

Malumotlar
SHOMATOV Nasriddin Mirahmedovich