SHOMAHMUDOVLAR OILASI haqida to’liq ma’lumot oling

SHOMAHMUDOVLAR OILASI haqida to’liq ma’lumot oling

SHOMAHMUDOVLAR OILASI — insonparvarlikning yuksak namunasini koʻrsatgan oila. 2-jahon urushi davrida toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (1890—1970) va uning xotini Bahri Akramova (1903—87) turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlimtarbiya bergan. Toshkent shahri ayollarining Oʻzbekiston ayollariga qarata qardosh xalqlarning yetim qolgan va evakuatsiya qilingan bolalarini tarbiyaga olish haqidagi 1942 yil yanv. murojaati ularni shahardagi 17-bolalar uyiga olib keldi. Ular boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari boʻlgan 13 bola va urushdan soʻng yana 3 bolani oʻz tarbiyalariga olishgan. Bular: Habiba, Vova, Shuhrat — rus, Hamidulla — ukrain, Rafiq, Rahmatulla — tatar, Xolida — moldavan, Samugʻ — chuvash, Yoʻldosh, Ergash — yahudiy, Halima — qozoq, Qoravoy, Neʼmat, Muazzam, Hakima, Ulugʻbek — oʻzbek. Shomahmudovlar oilasi samarqandlik Samadovlar oilasi kabi insonparvarlikni ulugʻlovchi oila sifatida katta jasorat, qahramonlik koʻrsatdi. Yozuvchi R. Fayziyning «Hazrati inson» romani, «Oʻzbekfilm» kinostudiyasining «Sen yetim emassan» badiiy filmi yaratilishiga Shomahmudovlar oilasi hayoti asos boʻlgan. Bu oila sharafiga Toshkentdagi Xalqlar doʻstligi maydonida Xalqlar doʻstligi monumenti oʻrnatilgan.

Malumotlar
SHOMAHMUDOVLAR OILASI