Shom paytida jinlarning izg`ishi

Shom paytida jinlarning izg`ishi
shom paytida jinlarning izgishi 65cb46548a952

islomiy savol javoblar

Shom paytida jinlarning izg`ishi

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Шом пайти боламни кўтариб, қўшни аёллар билан кўчада гаплашиб турган эдик, маҳалламиздан бир отахон бизни: “Жину шайтонлар тўзийдиган маҳал ёш бола билан кўчада нима бор сизларга?” деб койиб бердилар. Отахоннинг гаплари қанчалик тўғрилигини билмоқчи эдим.

2020.03.09

JAVOB:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Otaxon juda to‘g‘ri gapni aytibdilar. Avvalo, dinimiz ayollarni ko‘chada maqsadsiz gap sotib o‘tirishiga ruxsat bermaydi. Undan keyin, shom paytida jin va shaytonlar izg‘ib yurishi ham hadisi shariflarda bayon qilingan.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam: “Idishlaringiz ustini yoping, qopning og‘zini bog‘lang, eshiklarni qulflang, kech kirganida bolalaringizni qaytaringlar. Sababi, (bu paytda) jinlarning tarqalishi va tez harakatlanishi bor…” (Imom Buxoriy, Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyati).

Bu hadisda bir qancha foydali maslahatlar berilmoqda. Keksalarimizning “Shomdan keyin ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi”, degan gapi mana shu hadisga asoslanib aytilgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi shom paytida jinlar yer yuzi bo‘ylab tarqaladi. Bu paytda jinlar ko‘chada yurgan bolalarga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin. Chunki ular oyatlar, zikru tasbehlarni aytib yurishni bilishmaydi.

Ba’zan, bolalarning injiq bo‘lib qolishi, uyqusida bosinqirashiga ham ana shu payt ko‘chada yurishi sabab bo‘ladi. Bu noqulayliklardan qutilish uchun hadisi sharifdagi ko‘rsatmalarga amal qilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

  fatvo hay’ati.

fatvo.uz

Shom paytida jinlarning izg`ishi