Sholg’omning davoligi

Sholg’omning davoligi

Sholg’omning davoligi

Mundarija скрыть
Sholg’omning davoligi
DO`STLARGA ULASHING:
Sholg‘om asosan oziq-ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilinsa-da, davolovchi vosita ekanligi bilan ham katta ahamiyatga ega. Bu ekin bir qator xastaliklar uchun shifobaxshdir. Sholg‘om ildiz mevasi tarkibida qand, mineral tuzlar, darmon-dori (V1, V2, V6, RR, karotin)lar, pantoten kislotasi, oqsil, karbon suvlari jo bo‘lgan. Shu bilan birga, kaliy, kalьtsiy, temir, fosfor, natriy kabi moddalar ham mavjud. Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, qoringa sholg‘om urug‘i qo‘yib bog‘lansa, elni haydaydi.Ichini o‘yib, unga mum bilan gul moyi solinib, qo‘rga ko‘mib, eritilgani teri xastaliklari hamda sovuqdan paydo bo‘lgan va yaraga aylangan yoriqlarga naf beradi. Qaynatib pishirilgan sholg‘om ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Sholg‘omni go‘sht bilan pishirilgani ko‘krak va tomoqni yumshatadi. Sholg‘om pishirilib yoxud xomligicha iste’mol qilinsa, ko‘zga foyda, nafas yo‘lini rostlaydi, yurak behalovatligida ajoyib malham bo‘la oladi. Sholg‘omning asal bilan aralashtirilgan sharbati yo‘talga barham beradi, harorat ko‘tarilganida, tomoq og‘riganda naf keltiradi. Pishirilgan sholg‘om bo‘tqasi podagra bilan og‘rigan joyga bog‘lab qo‘yilsa, shifo bag‘ishlaydi. Sholg‘omning pishirilgani va sharbati shamollash tufayli ovoz yo‘qolganda, bronxial astmada, tish og‘rig‘ida ijobiy natija beradi. U antiseptik ta’sirga ega. Sholg‘omning bargi peshobni yurishtiradi. Buning uchun 10 gramm barg 100 gramm suvda damlanadi. Sholg‘om urug‘i, ayniqsa, erkaklarga foydalidir. Ko‘p elliligi tufayli erkaklarga mador bag‘ishlaydi. Sholg‘om esangiz, kuch-quvvat hamda ishtaha paydo qiladi. XVIII asr boshlarida yashab, tabiblik qilgan Sayyid Muhammad Hasrat sholg‘om haqida shunday nazm qilgan: Issiq bo‘lar sholg‘om kim esa takror, Ko‘rlar sholg‘om esin degan masal bor. Chunki u ko‘zlarga beradi quvvat, Xomu pishig‘ida bor shunday xislat. Shishganda, sovuqdan qo‘l yoki oyoq, Naf qiladi sholg‘om surkalgan chog‘. Ayni pallada sholg‘om pishib, etilgan. Shunday ekan, esangiz sholg‘om, bo‘lasiz sog‘lom…

DO`STLARGA ULASHING:

Sholg’om O’rta Osiyo xalqlarining eng sevimli sabzavotlaridan biridir .Sholg’om o’zida kishi salomatligiga tirgak bo’luvchi nuqra elementlar . Juda ko’p miqdorda C vitamini va o’ziga hos xid ufurib turuvchi glyukozid saqlaydi . Sholg’om pishirilganda shifobaxshligi ortadi . Chunki pishirilish jarayonida undagi glyukozid xantal moyiga aylanadi . (Xantal 1 yillik o’simlikdir) U ishtahani yaxshilab ,asab tolalarini uyg’otadi . Sholg’om xalq tabobatida o’pka, nafas yo’li kasalliklarida ,jarohat xuruj qilgan paytlarda ,yurak betoqatlanganda qo’llaniladi . Balg’am ko’chiruvchi ,nazla haydovchi sifatida xalqimiz undan qaynatma sho’rva qilib ichadi. Dimlangan sholg’om esa me`da ichak yo’li faoliyatini uyg’unlashtiradi . (A.Alimov)
e57434921f623d23776416fab0be8122
Qishning sovuq kunlarida inson organizmini zarur darmondorilar bilan to‘yintirish va boyitishda sholg‘omning alohida o‘rni bor. Ushbu sabzavotdan turli taomlar, salatlar va konservalar tayyorlash mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sholg‘omning tarkibida natriy, kaliy, kalьtsiy, magniy, temir, yod kabi elementlar uchraydi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino sholg‘om urug‘idan tayyorlangan dorilar bilan qovuq, ko‘z va teri kasalliklarini davolagan. Xususan, bu sabzavotni ko‘rish quvvatini yaxshilashda, terining sovuqdan yorilishlarini davolashda tavsiya etgan. Xalq tabobatida sholg‘om va uning sharbatidan laringit, yo‘tal, astmani bartaraf etuvchi, peshob haydovchi, shuningdek, ichni yumshatuvchi, asablarni tinchlantiruvchi, belni baquvvat qiluvchi hamda qo‘l va oyoqlarda sovuqdan paydo bo‘lgan shishlarni davolovchi malham sifatida foydalaniladi. Pishirib siqib olingan sholg‘om sharbati esa tomoq og‘rig‘ida, ovoz bo‘g‘ilganida yaxshi yordam beradi. Pishirilgan sholg‘om podagra, bo‘g‘im og‘riqlariga shifo beradi. Shuningdek, uning tarkibidagi vitaminlar qarilik alomatlarini yashiradi, soch to‘kilishining oldini oladi. Suyak, tish va tirnoqlarni mustahkamlashda xizmat qiladi.
Sholg‘om asosan oziq-ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilinsa-da, davolovchi vosita ekanligi bilan ham katta ahamiyatga ega. Bu ekin bir qator xastaliklar uchun shifobaxshdir. Sholg‘om ildiz mevasi tarkibida qand, mineral tuzlar, darmon-dori (V1, V2, V6, RR, karotin)lar, pantoten kislotasi, oqsil, karbon suvlari jo bo‘lgan. Shu bilan birga, kaliy, kalьtsiy, temir, fosfor, natriy kabi moddalar ham mavjud. Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, qoringa sholg‘om urug‘i qo‘yib bog‘lansa, elni haydaydi.Ichini o‘yib, unga mum bilan gul moyi solinib, qo‘rga ko‘mib, eritilgani teri xastaliklari hamda sovuqdan paydo bo‘lgan va yaraga aylangan yoriqlarga naf beradi. Qaynatib pishirilgan sholg‘om ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Sholg‘omni go‘sht bilan pishirilgani ko‘krak va tomoqni yumshatadi.
Sholg‘om pishirilib yoxud xomligicha iste’mol qilinsa, ko‘zga foyda, nafas yo‘lini rostlaydi, yurak behalovatligida ajoyib malham bo‘la oladi. Sholg‘omning asal bilan aralashtirilgan sharbati yo‘talga barham beradi, harorat ko‘tarilganida, tomoq og‘riganda naf keltiradi. Pishirilgan sholg‘om bo‘tqasi podagra bilan og‘rigan joyga bog‘lab qo‘yilsa, shifo bag‘ishlaydi.
Sholg‘omning pishirilgani va sharbati shamollash tufayli ovoz yo‘qolganda, bronxial astmada, tish og‘rig‘ida ijobiy natija beradi. U antiseptik ta’sirga ega.
Sholg‘omning bargi peshobni yurishtiradi. Buning uchun 10 gramm barg 100 gramm suvda damlanadi.
Sholg‘om urug‘i, ayniqsa, erkaklarga foydalidir. Ko‘p elliligi tufayli erkaklarga mador bag‘ishlaydi. Sholg‘om esangiz, kuch-quvvat hamda ishtaha paydo qiladi.
XVIII asr boshlarida yashab, tabiblik qilgan Sayyid Muhammad Hasrat sholg‘om haqida shunday nazm qilgan:
Issiq bo‘lar sholg‘om kim esa takror,
Ko‘rlar sholg‘om esin degan masal bor.
Chunki u ko‘zlarga beradi quvvat,
Xomu pishig‘ida bor shunday xislat.
Shishganda, sovuqdan qo‘l yoki oyoq,
Naf qiladi sholg‘om surkalgan chog‘.
Ayni pallada sholg‘om pishib, etilgan.
Shunday ekan, esangiz sholg‘om, bo‘lasiz sog‘lom…

(Mirzamir MIRZAShARIPOV, dorishunos. )
Shuni unutmangki, me’da va ichakning o‘tkir yallig‘langan paytida, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasida sholg‘omni xomligicha iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Ibn Siyriyn aytadiki, har kim tushida shol-g‘omning pishganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rgay, g‘amdan xalos topgay.
Sholg‘om parhez davo sifatida gipotsid gastritda, o‘t-safro yo‘lida, qabziyatda tavsiya etiladi.
Sholg‘omda yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan og‘riq qoldiruvchi xususiyat bor. Sholg‘omdan malham tayyorlash uchun 30 gr. olinib, (obdon maydalangani) ustiga bir piyola qaynoq suv solinadi va 15 daqiqa qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan qaynatma chorak piyoladan ichiladi. Bir piyola bunday qaynatmaning arslonquyruq (trava pustыrnika) bilan qo‘shilgani uyqusizlikda yaxshi omil sifatida qo‘llaniladi.(Shifo-info.uz)

Sholg’omning davoligi