Shokoladli pishiriq

Shokoladli pishiriq

Shokoladli pishiriq

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli masalliqlar: 240 gramm oliy navli un, 240 g shakar, 1 dona tuxum, 125 g sariyog‘, 100 g qoramtir shokolad, 1-2 choy qoshiq soda, 1-2 choy qoshiq tuz.

shokoladli pishiriq

Tayyorlanishi:

  1. Tovoqqa yumshatilgan sariyog‘, tuxum va shakar solinib, mikser bilan ko‘pirtiriladi.
  2. Unni tuz va sodaga aralashtirib, tovoqdagi qorishmaga qo‘shiladi va qoriladi.
  3. Shokoladni mayda bo‘laklarga bo‘lib, xamirga qo‘shiladi.
  4. Xamir yaxshilab qoriladi. U yetarli darajada yumshoq va yopishqoq bo‘lishi kerak.
  5. Ho‘l qo‘l bilan xamirdan 24 taga yaqin sharcha yasaladi va tovaga teriladi. Oldindan 200 S° gacha qizdirilgan duxovkaga 10 daqiqa qo‘yiladi.
  6. Tayyor bo‘lgan pishiriq sovutilgach, tarelkaga solinadi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz

Shokoladli pishiriq