Shokoladli pirog tayyorlash, pishirish resepti to’liq malumot oling
Kerakli masalliqlar:
Hamir uchun
1. Tuhum — 4 dona.
2. Un — 3 stakan.
3. Margarin — 200 gr.
4. Kakao — 3 osh qoshiq.
5. Shakar — 1 piyola
6. Qatiq — 250 gr.
7. Razrihlitel’ — 1 pachka
8. Choy sodasi + sirka — 1 choy qoshiq
9. Dolchin (korica) — 0,5 osh qoshiq.
Krem uchun
1. Kakao — 3 osh qoshiq.
2. Un — 3 osh qoshiq.
3. Shakar — 1 piyola.
4. Sut — 1 piyola.
5. Tuhum — 2 dona.
Glazur’ uchun
1. Kakao — 3 osh qoshiq.
2. Shakar — 3 osh qoshiq.
3. Sut — 0,5 piyola.
Tayyorlanishi:
Kakao, shakar, un, korica va razrihlitel’ aralashtiriladi. Tuhum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo’shilib, hamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo’lib, yog’langan listga qo’l yordamida yoyib chiqiladi. So’ng, oldindan qizdirilgan duhovkada o’rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib, yopishtiriladi.
Krem tayyorlash:
Shakar, un va kakao oldin aralashtirilib olinadi. Tuhum chaqilib, yahshilab atalanadi va sutga unli massa bilan qo’shiladi. Gazga qo’yib, qaynagunicha kavlab turiladi.
Shokoladli pirog tayyorlash, pishirish resepti
Korjlarga krem surtib yopishtirilganidan so’ng, eng ustki qatlamiga glazur’ surtiladi.
Glazur’ tayyorlash:
Shakar va kakao sut bilan aralashtiriladi. So’ng gazga qo’yib, quyilgunicha kavlab turib, pishiriladi.
Yoqimli ishtaxa!
Pazanda
pishirish resepti, Shokoladli pirog tayyorlash