SHOHRUXBIY
SHOHRUXBIY, Shohrux, Shohruxxon (taxm. 1680/81 1721) Qoʻqon xonligi asoschisi va birinchi xoni (1709—21). A/sh/ glardan. Rivoyatlarga koʻra, Shohruxbiy Oltin Beshik avlodidan boʻlgan. Mulla Olimning «Tarixi Turkiston» asarida keltirilishicha, oʻzbeklar Chodak xoʻjalari hukmronligi asoratidan xalos boʻlishga ahd qilib Oltin Beshikning avlodi Shohruxxon Ashurbek oʻgʻlini Targʻovada xon qilib saylashga qaror qildilar.
Ensiklopediya.uz
SHOHRUXBIY