SHOHRUX
SHOHRUX, amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni saʼid, Abu Nasr Shohrux bahodir sulton (1377.20.8, Samarqand — 1447.19.3, Ray) — Amir Temurning 4oʻgʻli, Temuriylar hukmdori. Yoshlik yillari Samarqandda oʻtgan, shu yerda dunyoviy va diniy taʼlim olgan. Amir Temur 1390—91 yil Dashti Qipchoqqa va 1392-yil gʻarbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chogʻida Shohruxni mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. Koʻp oʻtaay, Amir Temur Sh. ni oʻz yoniga chaqirib oladi va 17 yoshli Shohrux jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. Amir Temur uni lashkarning mangʻlay va juvangʻar qismlariga tayinlaydi, keyinroq esa, Samarqandga qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi.
Ensiklopediya.uz
SHOHRUX