SHOHNAY haqida to’liq ma’lumot oling

SHOHNAY haqida to’liq ma’lumot oling

SHOHNAY, shexnay — surnaysimon tilchali puflama musiqa cholgʻusi. Shim. Hindistonning asosiy mumtoz sozlaridan. Yogʻochdan qilingan konussimon tanasida 7 ta chalgʻich (barmoq) teshigi mavjud. Qamishdan yasalgan tilchasi orqali havo yuboriladi. Baland, kuchli va jarangdor tovushga ega. Ijro jarayonida Shohnayga past ovozli (bansuri nay kabi) puflama hamda urma (nogʻora, tabla va boshqalar) cholgʻular joʻr boʻladi. Turli oilaviy va diniy marosimlar, xalq bayramlarida, hozirda esa konsert cholgʻusi sifatida ham keng qoʻllaniladi (yana q. Bismilloh Xon).

Malumotlar
SHOHNAY