SHOHIMARDONSOY

SHOHIMARDONSOY

SHOHIMARDONSOY (Archaboshi, Oqsuv, Margʻilonsoy) — Fargʻona viloyatidagi daryo. Olay va Turkiston tizmalarining shim. yon bagʻridan boshlanadigan Oqsuv va Koʻksuv soylarining qoʻshilishidan (Shohimardon qishlogʻi yaqinida) hosil boʻladi. Vodil qishlogʻidan Fargʻona shahrigacha Margʻilonsoy, undan quiiroqda Shohimardonsoy nomi bilan maʼlum. Uz. 112 km. Havzasining mayd. 1300 km2. Qisman Qirgʻiziston hududidan oqib oʻtadi. Bir necha tarmoqqa boʻlinadi. Shohimardonsoyga 32 ta mayda soyjilgʻalar qoʻshiladi (umumiy uz. 86 km). Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 10,1 m3/sek., sel kelganda 64 m3/sek., oʻrtacha yillik oqim miqdori 319 mln. m3. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,5 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 7,86 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Shohimardonsoy suvi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi. Soy vodiysida Shohimardon, Oqqiya, Qumbuloq, Langar va boshqalar qishloqlar joylashgan. Shohimardonsoyda bir necha kichik GESlar qurilgan.

Ensiklopediya.uz
SHOHIMARDONSOY