Shohida Ismailova haqida, oilasi, instagram, rasmlari to’liq malumot oling
Shohida Ismailova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Mundarija
скрыть
OʼZBEKISTONDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
2000 yili «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Sh.Ismailova oʼz ijodiy faoliyatini 1980 yil Oʼzbek davlat drama teatrida boshladi. Mehnat faoliyatning dastlabki yillardanoq teatrning yetakchi yosh aktyoriga aylanib, u yerdagi faoliyati davomida 20 dan ziyod obrazlar yaratib, unga topshirilgan barcha rollarni qoyilmaqom qilib ijro eta oladigan yetuk sanʼatkor sifatida shakllandi. Mexnatsevarligi, talabchanligi, ijodiy izlanishi natijasida tomoshabinlar olqishiga va mutaxassislar eʼtirofiga sazovor boʼldi.
1987 yildan Milliy teatrda aktyor sifatida faoliyat koʼrgazmoqda.
Sh.Ismailova Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatrda sahnalashtirilgan 50 ga yaqin spektakllarda turli xarakterdagi sermazmun obrazlar yaratdi. Jumladan: «Oʼtkan kunlar” spektaklida Kumush rolini sahnaga birinchi boʼlib olib chiqdi. «Yulduzli tunlar” spektaklida Xonzodabegim, «Mehrobdan chayon”da Gulshan, «Otello”da Dezdemona, «Mirzo Ulugʼbek”da Feruza, «Baxtli gadolar”da Аnjelika, «Аlla”da farzandsiz ayol, «Kunduzsiz kechalar”da Soliha, «Usmon Nosir”da Xolambibi, «Omonat dunyo”da Latofat, «Аndishali kelinchak”da Oqoyim kabi oʼta murakkab va xarakterli bosh rollarni katta mahorat bilan ijro etib kelmoqda.
U teatrdagi faoliyati bilan bir qatorda kinosohasida ham sermahsulijod qilib 40 danziyod kino va videofilьmlar hamda milliy seriallarda obrazlar yaratdi. Uning yaratgan «Oʼtkan kunlar”filьmida Xushroʼy, «Oltin tulpor duoibadi”daShohida, «Telba”daona, «Faryod”daSaidning onasihamda milliy seriallardan «Domla”daSojida, «Charxpalak”daMastura, «Imom Аlь-Buxoriy”daBuxoriyning onasi, «Oila”daOydin, «Qaytar dunyo”daOynisa, «Tutash taqdirlar”daZebo kabi koʼplab rang-barangobrazlari teletomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Sh.Ismailova 1999yili «Аndijon bahori”xalqaro teatrlar festivalida «Kunduzsiz kechalar”spektaklidagi Soliha roli uchun «Eng yaxshi ayol roli ijrochisi”nominatsiyasiyasigasazovor boʼldi.
Respublika xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan tashkil etilgan «Yil ayoli-2011” qoʼrik tanlovining shahar bosqichida muvaffaqiyatlti ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
Sh.Ismailova Oʼzbek Milliy akademik drama teatri qoshidagi 2010 yil «Tasanno” bolalar teatr studiyasini tashkil etdi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan bolalar teatr studiyasida mashgʼulotlar olib boradilar. Studiya oʼz faoliyati davomida «Qorboboni qutqaring”, «Shelkunchik”, «Bayram sarguzashtlari”, «Elchigul”, «Buratino” kabi asarlar sahnalashtirib, teatr mutaxassislari va tomoshabinlar olqishlariga sazovor boʼldi. «Tasanno” bolalar studiyasi Respublikamizning barcha viloyatlariga safarlar uyushtirib, u yerdagi bolalar pansionatlari, dam olish maskanalari, mehribonlik uylarida oʼz dasturlari bilan faol ishtirok etadi.
Sh.Ismailova kasbiga sadoqatligi, oilasiga mehribonligi, katta aktyorlik maxoratiga ega boʼlgan aktrisa sifatida tomoshabinlar hamda xamkasblarning olqishlariga va hurmatiga sazovor boʼldi.
Biografiya
instagram, oilasi, rasmlari, Shohida Ismailova haqida