SHOH SHUJO

SHOH SHUJO

SHOH SHUJO (1617-1661) boburiy shahzodalardan. Shoh Jahonning 2-oʻgʻli, onasi Mumtoz Mahal Begim. Shoh Jahon uni 1639 yil da Bangalga hokim etib tayinlagan. 1642-yilda unga Orissa ham tortiq qilingan. Shoh Shujo atrofidagi boshqa yerlarni ham zabt etgan, yaʼni amalda Sharqiy Hindiston uning tasarrufida boʻlgan. U bu oʻlkalarda 20 yildan ortiq (1639—60) hukmronlik qilgan. Shoh Jahon 1657-yilning dek. da Bangalda oʻzini podshoh deb eʼlon qilgan. Otasi vafot etgach, akauka shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanib ketgan. 1659-yil 5 yanv. da Avrangzeb Sh. Sh. ni jangda magʻlub etadi, u qolganqutgan askarlari bilan Bangalga qochgan. 1660-yilda oilasi va navkarlari bilan Arakan (hoz. Myanma) ga panoh istab kelgan, avval Makkaga, undan yo Turkiyaga, yo Eronga oʻtib ketish niyatida boʻladi, lekin ayrim maʼlumotlarga qaraganda, oʻsha yerda bolachaqasi bilan birga oʻldirib yuboriladi.

Ensiklopediya.uz
SHOH SHUJO