SHOFIʼIYLIK haqida to’liq ma’lumot oling

SHOFIʼIYLIK haqida to’liq ma’lumot oling

SHOFIʼIYLIK — sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Muhammad ibn Idris ash Shofiʼiy asos solgan. Shofiʼiylik molikiylik va hanbaliylik diniy-huquqiy tizimiga yaqinroq turadi. Shofiʼiylik tarafdorlari islom huquqidagi qiyos va raʼyni toʻla maʼqullamaydi, Qurʼon, sunna va ijmoni asosiy manba deb biladi. Hanafiylikka qoʻshimcha manba sifatida amal qilib kelingan «istihson» qoidasi ham Shofiʼiylikda rad etilgan. Shofiʼiylik dastlab Suriya va Misrda shakllangan, oʻrta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Hoz. vaqtda Misr, Indoneziya, Shim. Kavkaz, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada va jan. arab sultonliklarida eʼtiqod va ibodatga doir amallarni Shofiʼiylik mazhabi boʻyicha bajaruvchi musulmonlar bor.

Malumotlar
SHOFIʼIYLIK