SHOʻROI ULAMO

SHOʻROI ULAMO

«SHOʻROI ULAMO» («Ulamolar kengashi») — Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 yil iyunda «Shoʻroi islomiya»a,t ajralib chiqqan va 1918-yil 13-maygacha ish olib borgan. Jamiyat dasturi va nizomiga koʻra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qatʼiy rioya qilish, milliydiniy qadriyatlarni yuksaltirishga daʼvat etilgan va madrasalarni iqtisodiy qoʻllabquvvatlash aytilgan. Biroq dasturda maishiy turmush va ayollar masalasida konservativ qarashlar ustunlik qilgan. Jamiyatning Toshkent, Qoʻqon, Samarqand shahrilaridagi shoʻbasi faol ish olib borgan. Toshkent shoʻbasiga Sherali Lapin rahbarlik qilgan. Jamiyatning eng yirik Qoʻqon shoʻbasiga esa Mulla Muhiddinxon Mulla Ulugʻxon Toʻrayev rais boʻlgan. «Shoʻroi ulamo» «alIzoh» (muharrir Abdumalik Hoji Abdunabiyev; 1917-yil iyun — 1918-yil may), «alIsloh» (muharrir Abdurahmon Sayyoh; 1917—18) jur. larini nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yoritib borildi. «Shoʻroi ulamo» tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyi oʻtkazildi (1917-yil sentyabr). Unda ulamochilar va shoʻroi islomchilar oʻzaro birlashib, «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini tuzdilar. Jadidlar va ulamolar oʻrtasidagi ziddiyat va gʻoyaviy kurash kuchaygan. Ulamochilarning orasida ham hokimiyat masalasida turli qarashlar mavjud boʻlgan. Toshkentlik ulamochilardan farqli ravishda Qoʻqondagi «Shoʻroi ulamo» aʼzolari bolsheviklarga qarshi chiqqan va Turkiston muxtoriyati hukumatini qoʻllabquvvatlagan. 1918-yil mart oyida Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻida «Shoʻroi ulamo» va «Shoʻroi islomiya» faollarining tashabbusi bilan Fargʻona vodiysidagi qoʻrboshilarning ilk qurultoyi oʻtkazilib, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatttg maqsad va vazifalari belgilab olingan. Sovet davrida ulamochilar va shoʻroi islomchilar faoliyati soxtalashtirilib, ular «xalq dushmani» va «millatchi» sifatida koʻrsatilgan.

Ensiklopediya.uz
SHOʻROI ULAMO