SHOʻRCHI

SHOʻRCHI

SHOʻRCHISurxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shahar (1976-yildan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Termizdan 122 km shim. sharqda, Surxon vohasining oʻrta qismidagi tekislikda joylashgan. Shoʻrchi yonidan Surxondaryodan suv oladygan Qumqoʻrgʻon kanali oqib oʻtadi. Aholisi 21,3 ming kishi (2003). 5—8 va 9—12-asrlarda Shoʻrchi hududida Barangi qishlogʻi boʻlganligi toʻgʻrisida Kudain va Ibn Xurdodbeh asarlarida qayd etilgan. 11—12-asrlarda Barangida bir necha masjid boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
SHOʻRCHI