SHOʻBA KORXONA
SHOʻBA KORXONA — huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati. Shoʻba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Shoʻba korxona tashkil etish asosiy korxona oʻzining tuzilmaviy boʻlinmasi yoki mulkiy majmuasi negizida; asosiy korxonani qayta tashkil etish jarayonida oʻz tarkibidan ajratib chiqarish; xoʻjalik jamiyati yoki shirkat tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nazorat paketini yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi tegishli hissani sotib olish shakllarida boʻlishi mumkin. Shoʻba korxonaning asosiy korxona bilan oʻzaro munosabatlarining muhim xususiyati shundaki, Shoʻba korxonaning asosiy korxonaga yoki asosiy korxonaning Shoʻba korxonaga mablagʻlarni qaytarib olmaslik bilan oʻtkazishi soliqqa tortilmaydi.
Ensiklopediya.uz
SHOʻBA KORXONA