SHOʻRTOʻGʻOY

SHOʻRTOʻGʻOY

SHOʻRTOʻGʻOY, Shoʻrtoʻqay jez davriga oid arxeologik yodgorlik. 6 ta alohida joylashgan tepaliklardan iborat. Shim. Afgʻonistonda, Koʻkcha daryosining Amudaryoga quyilish joyida, Amudaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan. Yodgorlikda 1975— 76 yillarda fransuz arxeologlari (B. Lion, A. P. Frankfor, M. N. Pottiye) ilk bor arxeologik tadqiqotlar oʻtkazganlar. Yodgorlikka mansub 2 ta tepalikdagina (150*50m; 200×50 m) qazishmalar olib borilgan. Qolgan tepaliklar toʻliq oʻrganib chiqilmagan. Moddiy topilmalar (sopol idishlar boʻlaklari, taqinchoqlar, oʻq uchlari va boshqalar) va inshootlar qoldiqlari Shoʻrtoʻgʻoy makoni Shim. Hindistondagi Xarappa madaniyati vakillari tomonidan barpo etilganligini koʻrsatdi.

Ensiklopediya.uz
SHOʻRTOʻGʻOY