SHLAGBAUM
SHLAGBAUM (nem. — zarba va — yogʻoch, xoda) — avtomobil yoʻllari t. y. izlarini kesib oʻtadigan joylarda poyezd oʻtayotgan paytda yon tomondagi transport qatnovini toʻxtatib turishga xizmat qiladigan toʻsiq. T. y. izidan kamida 10 m narida oʻrnatiladi. Dastaki yoki mexanik usulda koʻtariladigan, suriladigan, yogʻoch yoki metalddan tayyorlangan xillari bor. Poyezdlar koʻp qatnaydigan joylarda avtomat Sh. oʻrnatiladi. Avtomat Shlagbaum poyezd yaqinlasha boshlaganda avtomatik tarzda tushib, yon tomondagi yoʻlni toʻsadi. Shlagbaumlar qorongʻida aniq koʻrinib turadigan yoritqich signallarga ega boʻladi. Nazorat qilib turiladigan avtomobil yoʻllarida ham Shlagbaum oʻrnatiladi.
Ensiklopediya.uz
SHLAGBAUM