SHISHA QOLIPLASH MASHINASI

SHISHA QOLIPLASH MASHINASI

SHISHA QOLIPLASH MASHINASIshisha boʻtqasi (massasi)ni har xil shaklli qoliplarga quyib (shtamplab, presslab, prokatlab, choʻzib, puflab va boshqalar usullarda) shisha buyumlar olish uchun moʻljallangan qurilma. Bunda ishlatiladigan shisha boʻtqasining qovushqoqligi 1024107 Ns/m2 (1Ns/m2=10 pauz), t-rasi 700—1000° boʻlishi lozim. Mas, shisha taxta (oyna) olish uchun shishani tik (vertikal) choʻzadigan Shisha qoliplash mashinasi ishlatiladi (rasm, 1). Unda qayiqsimon idish (vanna) dagi tirqishdan kiradigan yoki erkin qalqib turgan qaynoq shisha boʻtqasi uzluksiz tarzda yuqoriga (vertikal tarzda) choʻziladi. Natijada eni 2,5—3 m, qalinligi 2 — 6 mm li lenta hosil boʻladi. Bu lenta asbest valiklar yordamida mashina shaxtasi orqali oʻtib «pishadi», keyin zarur oʻlchamda kesilib, maxsus idishlarga taxlanadi. Shisha taxta gorizontal choʻzish va prokatlash usulida ham tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
SHISHA QOLIPLASH MASHINASI